So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

30 avg 07:02
Yangiliklar

Futbol

O'smir qizlarimiz OCH saralashidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

O'zbekiston U-16 o'smir qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashi 3-turda Gonkong terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Ayni kunlarda Osiyoning to'rtta davlatida U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlari davom etmoqda. Vetnam mamlakati mezbonlik qilayotgan saralashning "D" guruhi 3-turi doirasida Gonkong o'smir qizlariga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston U-16 o'smir qizlari musobaqadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishdi. Ikkinchi bo'limda ikkita gol kiritgan o'zbekistonlik o'smir qizlar yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va ochkolari sonini 4taga etkazib olishdi.

Eslatib o'tamiz, guruhdagi ilk uchrashuvda Vetnamga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'zbekistonlik o'smirlar 2-turda Falastin o'smirlari bilan durang o'ynashgan edi – 1:1. Navbatdagi turda, O'zbekiston terma jamoasi 1 sentyabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushishsa, so'nggi turda, 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasida OCH saralashi.

“D” guruhi, 3-tur.

29 avgust. Xanoi, Vetnam.

O'ZBEKISTON U-16 – GONKONG U-16 – 2:0.

Gollar: Tojiniso Rashidova (52), Diyora Erkinova (77).

O'zbekiston U-16: Zarina Saidova, Ozoda Xojieva, To'raeva Marjona, SHaxnoza Yusupova, So'g'diyona Allamurodova (SHahzoda Fozilova, 46), Albina Boboqulova, Anora Farmonova, Ilvina Kamalieva (Diyora Erkinova, 37), Tojiniso Rashidova (Parvina SHomirzaeva, 90), Mehriyona Toirova, Madina Hikmatova.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing