18 fev 11:42
Yangiliklar
Voleybol

O'smir voleybolchilarimiz “Do'stlik kubogi”ga tayyorlanmoqda
SHu kunlarda voleybol bo'yicha o'smirlar (U14 ) terma jamoasi aprel oyida Rossiya Federaciyasining Novosibirsk shahrida o'tadigan “Do'stlik kubogi”da ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
U14 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni kunlarda ushbu nufuzli turnirda vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun Jizzax shahrida O'zbekiston voleybol federaciyasi tomonidan tashkil etilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.
Mashg'ulot jarayonida yosh voleybolchilarning texnik-taktik harakati, tupni qabul qilish, zarba yo'llash texnikasini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy ustuvorlikka erishish masalalari ko'rib chiqilmoqda
Havola :
Fikrlar