24 iyu 11:28
Yangiliklar

O'smirlarimiz Belarus bilan o'yin o'tkazish uchun Minskka yo'l olishdi
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi o'smirlarimiz u erda Belarus terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Rejaga ko'ra, ana shu o'yinlarning dastlabkisi ertaga bo'lib o'tadi. Ikkinchi uchrashuv esa 27 iyun sanasiga belgilangan. Har ikki o'yin Minsk shahrida bo'lib o'tadi va mahalliy vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.
Ushbu yig'in terma jamoamiz uchun shu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari oralig'ida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Eslatib
o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida SHimoliy Koreya,
Tailand hamda Yaman terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Fikrlar