05 mar 10:07
Yangiliklar
Dzyudo
O'smirlarimiz Cadet European Cup 2026 turniriga yo'l olishdi
7-8 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kadetlar o'rtasida Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada dunyoning 4 qitasi 22 davlatidan keladigan jamoalar medallar yo'lida bahslarga kirishadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham to'liq tarkibda Turkiyaga yo'l oldi.
Safar oldidan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi. IJF taqvimidan o'rin olgan ushbu ilk musobaqa bilan kadetlarimizning 2026 yilgi xalqaro maydondagi ishtiroki boshlanadi.
Uchrashuvda bu yilgi muhim musobaqalar, jumladan Osiyo va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, buning uchun har bir vazn toifasida kuchli raqobat muhiti bo'lishi takidlandi.







Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar