28 iyu 07:25
Yangiliklar

O'smirlarimiz ikkinchi o'yinda Ummon bilan durang o'ynashdi
“Jar” stadionida, 25 iyul kuni bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Temur Olimxo'jaev shogirdlari yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Toshkentdagi yig'in davomida o'tkazilishi ko'zda tutilgan Ummon o'smirlari bilan ikkinchi o'yinda esa durang natija qayd etildi. Uchrashuvda jamoalar hujumkor futbol ko'rsatishganiga qaramay, darvozalarga to'p kiritilmadi – 0:0.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qura natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar