So’nggi yangiliklar

20:55Хамзат Чимаев билан кураш тушишга тайёр бўлган Олимпиада чемпиони топилди 0 19:07Стерлинг Волкановскининг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 18:45"Сени шунчаки нокаут қилишди, ўзингни оқлама". Анкалаев Прохазкага мурожаат қилди 0 18:23"Топурия: "Агар Гэтжи орқага чекинмаса, уни биринчи раундда нокаут қиламан" 0 18:22Shymkent Challenger. Фомин уч соатлик баҳсда бешинчи ракеткани мағлуб этди 0 18:01"Винисиус "Реал"да қолишини истайман, мухлислар уни яхши кўришади" - Альваро Арбелоа 0 17:39Анкалаев: "Мени яхши кўришингиз шарт эмас, лекин..." 0 17:17Топурия — Царукян ҳақида: "Ижтимоий тармоқларда ҳамма "шер" 0 16:49Тошкент шаҳри дзюдо бўйича Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28"Челси" тарихий антирекорд ўрнатди 0 16:07Академик эшкак эшувчиларимиз Кореядаги халқаро турнирда қатнашади 0 15:46Тони Белью: "Жошуа ҳатто ахлат ташувчи билан жангни ҳам сотиши мумкин" 0 15:25U18 хоккей терма жамоамиз Осиё Кубогида қатнашади 0 15:04АПЛда мўжизавий чемпионликка эришган "Лестер Сити" Чемпионшипдан тушиб кетди 0 14:43Пауло Коста Богдан Гусковнинг чақирувига жавоб қайтарди 0

29 iyu 18:18
Yangiliklar

O'smirlarimiz Nepaldan 29 ta medal bilan qaytishdi

Teglar :  Og'ir atletika
Nepal poytaxti Katmandu shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida jami 11 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan mamlakatimiz terma jamoasi azolari bugun kunning ikkinchi yarmida Vatanimizga qaytib keldilar.

Sayyoramizning eng baland nuqtasi – Everest cho'qqisi bilan mashhur bo'lgan Nepal davlatida o'tgan mazkur Osiyo chempionatida o'smirlarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 27 davlat orasida birinchi o'rinni egallagan bo'lishsa, 5 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medaliga egalik qilgan qizlar terma jamoamiz 17 davlat orasida 2-o'rinni band etdi.

Qariyib bir hafta davomida o'tkazilgan qita chempionatining o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqalarida hamyurtlarimizdan Sarvar Toshtemirov va Aleksandr Li uchtadan oltin medalga sazovor bo'lishdi. Vazni 94 kg.gacha bo'lgan polvonlar bellashuvida bahs yuritgan Saidmuxtor Saidaxrorov esa bir yo'la uchta kumush medal bilan taqdirlandi. Musharrafbek Rahimov 2 ta, Muhammadqodir Toshtemirov esa 1 ta bronza medali sohibi bo'ldi. Demak, qita chempionatiga yo'l olgan 8 nafar o'smirlarimizdan 5 nafari sovrindorlar safidan o'rin egallashdi.


Qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqalarda ham sportchilarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchga munosib bo'ldilar. Jumladan, 75 kilogramm vazn toifasida bahs yuritgan Gulnoza Ahmadova dast ko'tarishda ham, siltab ko'tarish mashqlarida ham eng yuqori natijani qayd etib, ikkikurash natijasiga ko'ra ham Osiyoda tengsiz deb topildi.

Og'irlik vazni 63 kilogrammgacha bo'lgan qizlar musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Kumushxon Fayzullaeva ikkita oltin va bitta bronza medaliga sazovor bo'ldi. SHuningdek, Tursunoy Jabborova uchta kumush, SHaxlo Abdullaeva uchta bronza va nihoyat, SHodmonoy Ochilova ikkita bronza medalini qo'lga kiritishdi.

SHu tariqa, qizlar terma jamoamiz umumjamoa hisobida Xitoy davlatidan keyin ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni esa Tailand termasi yakunlab berdi.

Endi yosh polvonlarimiz joriy yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyada o'tkaziladigan Osiyo kubogi bahslariga tayyorgarlik ko'radilar.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing