So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

31 avg 10:30
Yangiliklar

Futbol

O'smirlarimiz Slovakiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida durang o'ynadi

SHu yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Qita birinchiligiga tayyorgarlik jarayonining so'nggi bosqichlaridan birini Miyava shahrida o'tkazayotgan Temur Olimxo'jaev boshchiligidlagi jamoa 30 avgust kuni Slovakiya o'smirlar terma jamoasiga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi uchrashuvning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo'lim nihoyasiga yaqin, o'yinning 39-daqiqasida esa evropaliklar hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi – 1:1.

Takidlash kerakki, jamoalar o'zaro ikkita o'rtoqlik ucharshuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Ikkinchi ucharshuv 1 sentyabrda o'tkaziladi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentga 3 sentyabrda qaytib keladi va bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borib, 9 sentyabr kuni Hindistonga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichida KXDR, Tailand hamda Yaman o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing