18 mar 16:48
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/57956_220.jpg)
Ospina o'yin payti xushidan ketib qoldi FOTO
"Napoli" hamda "Udineze" jamoalari o'rtasidagi A Seriyaning 28-tur uchrashuvi paytida mezbonlar posboni David Ospina o'zini yomon his qildi.
Birinchi bo'limning oxirlarida futbolchi maydonda xushidan ketib qoldi, shundan so'ng uning o'rnini Aleks Meret egalladi.
Ospinani tezda kasalxonaga olib ketishdi, posbon u erda tibbiy ko'rikdan o'tdi. Darvozabon ushbu voqea sodir bo'lishidan bir necha daqiqa avval mehmonlar hujumchisi Ignasio Pussetto bilan to'qnashib ketgan edi. Xushdan ketish ushbu to'qnashuv tasiri bo'lishi mumkin.
Havola :
Fikrlar