09 dek 15:02
Yangiliklar
Futbol
Oston O'runov faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?
Futbolchi kuni kecha "Navbahor"ni tark etdi va hozir erkin agent maqomiga ega.
Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, Oston O'runov bor etiborini O'zbekiston MTJga qaratadi va keyingi faoliyati bo'yicha Osiyo Kubogidan so'ng bir to'xtamga keladi. Qatar mezbonligidagi turnir 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadi.
Malumot o'rnida, Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2011 musobaqasidan so'ng o'zbekistonlik ko'plab futbolchilar legionerga aylangan edi.
Avvalroq, 22 yoshli futbolchiga "Paxtakor" tomonidan qiziqish bo'layotgani aytilgandi.
Havola :
Fikrlar