So’nggi yangiliklar

16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0

05 jan 12:23
Yangiliklar

Futbol

Oston O'runov "Navbahor" bilan shartnomasini uzaytirdi

Navbahor futbolchisi Oston O'runov jamoani tark etdi degan xabarlar chiqqan edi.

2018 yilgi mavsumda o'zining ajoyib o'yinlari bilan namanganlik muxlislar mehrini qozona olgan yosh, istedodli futbolchi Oston O'runov 2019 yilgi mavsumni ham «Navbahor»da o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda «Navbahor» muxlislar klubining telegramdagi kanali xabar berdi.
 
Yarim himoyachi kelgusida faqatgina xorijdan taklif bo'lsagina «Navbahor»dan ketishi mumkinligini aytdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi 28 dekabr kuni instagramdagi o'z sahifasiga quyidagi fikrni yozgan edi: 

- SHu jamoaga birinchi kelganimda meni hech kim tanimasdi. Hozirgi kunga etib kelishimda mana shu akalarimning juda katta o'rni bor. Ularning hammalariga rahmat, bir yarim yil sizlar bilan birga o'ynaganimdan xursandman. Bunday ahil jamoani boshqa ko'rmasam kerak, yana birga bo'lish nasib qilsin! Albatta, qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga ham rahmat. natijalarda ularning ham o'rni katta. 

Keyinroq uning Rossiya klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Hozircha «Navbahor» matbuot xizmati O'runov bilan shartnoma uzaytirilgani borasida rasmiy xabar bergani yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing