So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

10 iyu 13:36
Yangiliklar

Futbol

Oston O'runov: "Navbahor" futbol klubi va namanganlik muxlislarga omad tilayman"

"Navbahor" futbol klubini tark etib, "Lokomotiv" bilan shartnomaga imzolagan umidli yarim himoyachi Oston O'runov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Quyida uning fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Avvalambor futbolchi sifatida shakllanishimga yaqindan yordam bergan "Navbahor" futbol klubi rahbariyati, shuningdek Namangan viloyati hokimi Xayrulla aka Hayitboevichga alohida minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa jamoa ishqibozlaridan ham minnatdorman, chunki muxlislar qo'llab-quvvatlamaganida men bu darajaga chiqmasdim".

- "Endi faoliyatimda yangi sahifa ochish payti keldi. Futbolchi sifatida yanada o'sish hamda sovrinlarni qo'lga kiritish maqsadida o'zbek futbolining etakchi jamoasi "Lokomotiv" futbol klubiga yo'l olyapman. Bu men uchun yangi faoliyat bo'ladi, "Lokomotiv"da o'ynab "temiryo'lchilar" mehrini qozonishni, O'zbekiston chempioni bo'lishni va albatta milliy terma jamoada to'p tepishni xohlayman".

- "To'g'ri, bu qarorga kelish oson bo'lmadi, chunki "Navbahor" men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. "Lokomotiv" menga qishdayoq taklif bilan chiqqandi, ammo o'shanda "Navbahor"da qolib jamoaga yordam berishni istagandim. Endi esa dadam bilan o'zaro maslahatlashgan holda iliq xotiralar bilan klubni tark etyapman. O'ylaymanki, "Navbahor" yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etadi, negaki jamoada ajoyib tarkib jamlangan. Men esa o'z oldimga yanada yuqori maqsadlarni qo'ygan holda "Lokomotiv" safiga yo'l olyapman. SHu o'rinda o'zimning sevimli jamoam "Navbahor" va uning ashaddiy ishqibozlariga omad tilab qolaman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing