10 avg 07:06
Yangiliklar
Futbol

Oston O'runov "Spartak" safida qachon maydonga tushadi?
"Spartak" - "Sochi" (2:2) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Moskva klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoga Oston O'runov haqida ham savol berildi.
- O'runov va Kokorinni qachon maydonda ko'ramiz?
- Kokorinda mikrojarohat bor. Bugun tongda u o'ynay olmasligini aytgandi. O'runov biz bilan birga, ammo u yaqinda koronavirusdan tuzalgani bois maydonga tusholmaydi. U 3 haftani mashg'ulotlarsiz o'tkazdi. Ostonga tuzalish va formasini tiklash uchun biroz vaqt kerak. Hozir u yakka tartibda ko'proq ishlashi lozim.
Havola :
Fikrlar