15 iyu 11:51
Yangiliklar
Futbol

Oston O'runovga "Spartak", "Zenit", "Lokomotiv" va "Krasnodar" klublari qiziqmoqda
"Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runov yangi mavsumni Rossiyaning top-klublaridan birida boshlashi mumkin.
Metaratings.ru'ning tasdiqlangan malumotlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining 19 yoshli xavbekiga "Spartak", "Zenit", "Lokomotiv" va "Krasnodar" klublari qiziqmoqda.
Bundan tashqari O'runov uchun bo'layotgan kurashda "Spartak" va "Krasnodar" klublari etakchilik qilayotgani aytilmoqda. "Qizil-oqlar"da oldin "Ufa"da O'runov bilan birga ishlagan bosh direktor SHamil Gazizov tufayli ustunlik bor.
O'runov joriy mavsum "Ufa" tarkibida RPLda 9ta o'yinda maydonga tushdi. Xavbekning narxi 900 ming evroni tashkil etadi.
Havola :
Fikrlar