So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

06 okt 07:58
Yangiliklar

Ot Sporti

Ot sportining "polo" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi + FOTO

Teglar :  Ot sportiPolo
Sirdaryo viloyati CHavandozlar maktabining “Otchopar” maydonida Sirdaryo viloyati hokimligi, Milliy gvardiya hamda O'zbekiston "Polo" federaciyasi tashabbusi bilan ot sportining “polo” turi bo'yicha respublika musobaqasining mintaqaviy bosqichi o'tkazildi.

Musobaqada  Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chavandozlar maktablari chavandozlari ishtirok etib, o'zaro bellashdi.

– Bilamizki, azal-azaldan yurtimizda otga insonning sodiq hamrohi sifatida qaralgan. To'yu tadbirlar esa ko'pkarisiz, ot sportining boshqa turlarisiz o'tmagan, – deydi Sirdaryo viloyati CHavandozlar maktabi direktori Yoqubjon Jalilov. — Davlatimiz rahbarining 2021 yil 11 martdagi "Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori esa  yurtimizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Sirdaryoda ham yilqichilikni rivojlantirish, ot sportining beshkurash va polo sport turini yanada jadal davom ettirishga huquqiy zamin yaratdi. 

Prezidentimizning mazkur qarori sabab yoshlarni ot sportiga keng jalb etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kelajakda O'zbekiston sharafini munosib himoya qila oladigan chavandoz va sportchilarni tayyorlash maqsadida Sirdaryo viloyati CHavandozlar maktabi uchun 2023 yilda umumiy qiymati 2 mlrd so'm bo'lgan inshoot, sport otlarini musobaqalarga olib borish uchun “Isuzu” rusumli maxsus jihozlangan avtomashina xarid qilinib, bugungi kunda undan foydalanib kelinmoqda.

Sirdaryoda o'tkazilgan "polo" musobaqasida Toshkent shahrining CHavandozlar maktabidan tashrif buyurgan chavandozlar o'zlarning "Pantera", "CHempion", "SHamol", "Lazer" laqabli otlari bilan birinchilikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'ringa Toshkent viloyati CHavandozlar maktabi, uchinchi o'ringa Sirdaryo viloyati CHavandozlar maktabi vakillari sazovor bo'ldi.

Musobaqa yakunida g'olib va ishtirokchilarga tashkilotchilarning faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alari topshirildi. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan  sport otlari va sportchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Sirdaryo viloyati CHavandozlar maktabiga berilgan 550 mln so'mlik “ISUZU” D.MAX rusumli pikap avtomobili va sport otlarini tashish uchun maxsus jihozlangan tirkama esa kutilmagan tuhfa bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing