So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

03 dek 07:01
Yangiliklar

Tennis, Dzyudo

Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ jamoasi dzyudo va tennis federaciyalari rejalari bilan tanishdi

Federaciya va associaciyalarning yangi Olimpiya davriga tayyorgarlik rejalari taqdimoti davom etadi.

Navbatdagi manzil O'zbekiston dzyudo federaciyasi bo'ldi. 

Mutasaddilar dastavval dzyudo sportining istiqbolli rejalari bilan tanishishdi. Taqdimotni federaciya raisi Azizjon Kamilov o'tkazdi. Bunda ushbu sportning ommaviyligini oshirishdan tortib, asosiy jamoaga nomzod polvonlarni saralab olish metodikasi, poytaxtimizda muntazam “Katta Dubulg'a” kabi nufuzli musobaqalarni o'tkazish, terma jamoalarga yanada ko'proq xorijlik kuchli mutaxassislarni jalb qilish kabi mavzular batafsil ko'rib chiqildi. SHuningdek, har bir vazn toifasida ichki raqobatni yanada kuchaytirish, bir xil saviyaga ega tarkiblarni shakllantirish kabi takliflar ilgari surildi. 

SHundan so'ng rasmiylar O'zbekiston tennis federaciyaga tashrif buyurishdi. Qayd etish joiz, so'nggi Olimpiya o'yinlarida ushbu sport turida delegaciyamiz licenziya qo'lga kirita olmadi. Suhbat davomida terma jamoada avlodlar almashinuvi sabab shunday holat yuzaga kelgani takidlandi. Hozirda bir qator istedodli raketka ustalari etishib chiqayotgani, ular jahon reytingida yuqori pog'onalarga ko'tarilayotgani qo'shimcha qilindi. 

O'rganish ishlari davomida rasmiylar har ikki federaciyaning moddiy-texnik bazasini ko'zdan kechirishdi. Yakunda terma jamoalarni zamonaviy inventarlar bilan taminlash bo'yicha mutaxassislardan fikrlar olindi va tayyorlanadigan Prezident qarori loyihasiga taklif kiritilishi bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing