So’nggi yangiliklar

19:59Фазлиддин Рафиқов Жаҳон чемпионатини бронза билан якунлади 0 19:30Илия Топурия UFC'даги мотивацияси нима эканлигини айтди 0 18:22"Чемпионлик камарини қўлга киритишимга ишонаман". Прохазка Ульберг билан реванш ўтказишга умид қилмоқда 0 17:37"Октагон ташқарисида ҳам жанг қилишимиз мумкин". Двалишвили Нурмагомедов билан эҳтимолий реванш ҳақида гапирди 0 16:30ОЧЛ. "Ал-Иттиҳод"нинг малилик легионери "Пахтакор"га қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 15:15Енгил атлетикачи Хушноза Шавкатова энди АҚШнинг Орегон университети жамоаси шарафини ҳимоя қилади 0 14:12Алжамейн Стерлинг Волкановски билан жанг қилиб, икки вазн тоифасида чемпион бўлмоқчи 0 13:00Самбочиларимиз ШҲТ Очиқ турнирини умумжамоа ҳисобида биринчи ўринда якунлашди 0 12:05Ўзбекистон мезбонлик қиладиган U-17 Осиё кубогининг барча иштирокчилари маълум бўлди 0 11:12Жошуа Тайсонни нокаутга учратишга ваъда берди 0 10:24Амирхон Алихўжаев кейинги жангини Хотамбек Бойназаровнинг собиқ рақибига қарши ўтказади 0 09:55Руслан Абдуллаев олтинчи ғалабасини олтинчи раундда қўлга киритди 0 09:33"Манчестер Юнайтед" Почеттинони таклиф қилиш учун қанча тўлагани маълум бўлди 0 08:35Миршоҳид Тиллабоев — WORLD BOXING вице-президенти! 0 07:22Дзюдо. Саъдулла Равшанов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0

11 may 08:35
Yangiliklar

Tadbirlar

Otabek Umarov OOK mutasaddilari bilan hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildi

Bugun Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi.

Unda ishtirok etadigan OOK vice-prezidenti Otabek Umarov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi ayni paytda Bangkok shahrida bo'lib turibdi va rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etmoqda. 

Ana shunday uchrashuvlardan dastlabkisi OOKning amaldagi rahbari Raja Singx va OOK Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federaciyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam bilan o'tkazildi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatda Otabek Umarovga MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamrohlik qildi. Dastavval, Otabek Muhammadalievich mamlakatimizda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan katta hajmdagi tayyorgarlik haqida umumiy malumot berdi. 

OOK mutasaddilari O'zbekiston bo'lajak musobaqani yuqori saviyada o'tkaza olishiga ishonishini, bir necha kun muqaddam Toshkentda bo'lib qaytgan Ishchi guruh jarayonni yuqori baholaganini malum qildi.

SHuningdek, Husayn Al Musallam bilan yurtimizda suv sporti turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqish, mahalliy murabbiy va hakamlar uchun taniqli ekspertlar ishtirokida ko'proq seminarlar tashkil etish kabi mavzular ko'rib chiqildi. 

Suhbatda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari uchun qurilayotgan zamonaviy suv sporti havzasi va keyinchalik undan samarali foydalanish masalasi ham o'rin oldi. World aquatics rahbari mavzu yuzasidan o'zining kerakli tavsiyalarini berib, bu borada O'zbekistonni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing