So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

12 jan 14:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Otabek Xolmatov ishtirokidagi jang The Ring talqini bo'yicha 2024 yilning eng yaxshi jangi deb topildi (Barcha nominaciyalar g'oliblari)

Xabar berganimizdek, nufuzli The Ring jurnali bir nechta nominaciya bo'yicha 2024 yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Etiborlisi, yarim engil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatovning WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi o'tkazgan bahsi yilning eng yaxshi jangi nominaciyasida g'olib bo'ldi.

Yodingizda bo'lsa, o'sha jangda Ford hamyurtimizni 12-raundning so'nggi soniyalarida texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi. Alam qiladigan holat shundaki, referi tomonidan jang to'xtatilguniga qadar Xolmatov ochkolar hisobiga ko'ra oldinda borayotgandi.


Londonda (Buyuk Britaniya) tashkil etilgan tadbirda super yarim o'rta vazn toifasida WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov ham ishtirok etdi. Uning Terens Kroufordga qarshi jangi yilning eng yaxshi oqshomi nominaciyasiga kiritilgandi.



Barcha nominaciyalar g'oliblari:

Yilning eng yaxshi erkak jangchisi: Aleksandr Usik 

Yilning eng yaxshi ayol jangchisi: Gabriela Fundora

Yil jangi: Raymond Ford va Otabek Xolmatov jangi 

Yil oqshomi: Aleksandr Usik va Tayson Fyuri 1 jang oqshomi 

Yil murabbiyi: Robert Garsiya 

Yilning eng istiqbolli bokschisi: Moses Itauma 

Yil raundi: Usik va Fyuri 1-jangi 9-raundi

Yil apseti (kutilmagan voqelik): Bruno Surachning Hayme Mungiya ustidan g'alabasi

Yil qaytishi: Billi Dib 

Yil nokauti: Daniel Dyubua tomonidan Joshuaning nokauti

Hayot faoliyatidagi yutuqlar uchun: Don King.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing