01 mar 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov: "Men jang uchun yaralganman"
Yarim engil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatov amerikalik Raymond Fordga qarshi bo'lajak jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hamyurtimiz 3 mart tongida WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bugun bo'lajak jang oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
"Men bu uchun yoshligimdan mehnat qilganman va bunga tayyorman. Buni jangda ko'rsataman, men jang uchun yaralganman va tabiiyki, jangchiman. Jang uchun tayyorgarliklar juda ham yaxshi bo'ldi. Men shu paytgacha 12 marotaba jang qilgan bo'lsam, hech qachon o'zimni bunchalik bugungidek yaxshi his qilmaganman.
Men bu jangga tayyorman. Sparringlar ham o'zim xohlaganimdan-da yaxshiroq bo'ldi. Buni jangda ko'rsataman. Maqsadim - mutlaq jahon chempioni bo'lish. SHuning uchun harakat qilyapman va men buni eplayman deb o'ylayman", - dedi Otabek Xolmatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar