18 fev 15:50
Yangiliklar
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi
O'zbekiston dzyudo federaciyasida musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. IJF etakchi mutaxassisi Abdulla Murodov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, federaciya raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov va boshqa masullar ishtirok etgan yig'ilishda OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga ko'rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Har bir yo'nalish bo'yicha belgilangan masul xodimlar musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik bo'yicha axborot berishdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar uchun yaratilayotgan sharoitlar, transport logistikasi, xorijdan kelayotgan faxriy mehmonlar, shuningdek, referilar, dzyudochilarni kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish, mashg'ulot zallarini hozirlash kabi masalalar muhokamasi yig'ilish kun tartibida bo'ldi.










Fikrlar