So’nggi yangiliklar

10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0

01 noy 12:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Oybek Kasimov ANOC Bosh Assambleyasida ishtirok etmoqda

Teglar :  Oybek KasimovANOC
Ayni kunlarda Portugaliyaning Kashkaysh shahrida Milliy Olimpiya qo'mitalari associaciyasi (ANOC)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbirda O'zbekiston nomidan MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etishyapti.

Bosh Assambleyaning birinchi kunida Olimpiya olamida so'nggi ikki yilda ro'y bergan muhim voqeliklar, Olimpiya birdamligi dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Unda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax so'z olib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilganini alohida takidlab o'tdi. SHuningdek, Dakar-2026 o'smirlar yozgi Olimpiya, Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bo'yicha tashkiliy qo'mitalarning hisoboti tinglandi.

Oybek Omilovich tadbir doirasida Tomas Bax, shuningdek, Iordaniya shahzodasi Faysal Al Husayn, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi Prezidenti David Laparten, Xalqaro gimnastika federaciyasi Prezidenti Morinari Vatanabe kabi XOQ Prezidentiligiga o'z nomzodini qo'ygan mutasaddilar bilan uchrashib, o'zaro hamkorlikning yangi bosqichlari haqida suhbatlashdi. 

Qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi MOQ rahbariyati bilan mintaqada soha taraqqiyotiga oid qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy ruhda o'tgan suhbatlarda Oybek Kasimov mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida Olimpizm rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida olib borilayotgan islohotlar, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik haqida malumot berdi.

Tadbir doirasida ANOC o'z talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilarini elon qildi va turli yo'nalishlarda munosib deb topilgan sportchilar taqdirlanishdi. Bosh Assambleya bugun o'z ishini yakunlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing