So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

05 apr 13:28
Yangiliklar

Stol tennisi

Oybek Kasimov Osiyo stol tennisi ittifoqi Bosh direktori bilan qita chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi

Bugun Osiyo stol tennisi ittifoqi Bosh direktori Nabil Al-Fakih O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Yamanlik mutaxassisni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Tomonlar uchrashuv mobaynida iyun-iyul oylarida poytaxtimizda o'tkazilishi ko'zda tutilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi.

MOQ Bosh kotibi suhbatda mamlakatimiz ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, bu borada mahalliy mutaxassislarda ulkan tajriba mavjudligini takidladi. O'z navbatida, janob Al-Fakih O'zbekiston stol tennisi federaciyasining yangi rahbariyati xalqaro tashkilot bilan yaqin munosabatlarni o'rnatib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

SHuningdek, mehmon ayni kunlarda poytaxtimizda Olimpiya birdamligi loyihasi asosida o'tayotgan murabbiylar seminari yuqori darajada tashkil etilganiga ham to'xtalib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkentda may oyida “Youth contender” musobaqasini ham o'tkazish bilan bog'liq masalalar, qolaversa o'zaro hamkorlikning yangi istiqbollari haqida so'z yuritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing