03 iyu 19:19
Yangiliklar
Boshqalar

O'zbek basketbolining afsonasi Ravilya Salimova olamdan o'tdi
Bugun o'zbek sportining afsonalaridan biri, Xizmat ko'rsatgan sport ustasi, basketbolchi Ravilya Najipovna Salimova 77 yoshida olamdan o'tdi.
Ravilya Salimova 1941 yil 8 avgust kuni Surxondaryo viloyatining SHo'rchi tumanida tavallud topgan. Basketbol bo'yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 2 karra karra jahon chempioni, 4 karra Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, ikki marta Butunjahon Universiada o'yinlarida oltin medallarga sazovor bo'lgan.
Klubdagi faoliyati davomida nafaqat Sobiq Ittifoq, balki qator xorijiy jamoalardan taklif bo'lsa-da, faqat Toshkentning “Mehnat” va SKIF jamoalari sharafini himoya qildi. Professional sportdagi faoliyatini yakunlagach yurtimizdagi ko'plab bolalar va o'smirlar sport maktablarida o'z mahoratini yoshlarga o'rgatib keldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar