15 noy 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisi afsonaviy Oskar de la Xoyya bilan hamkorlik qiladi
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyyaga tegishli "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Bungacha "Mir boksa" kompaniyasi bilan ishlab kelgan Bektemir endi "Golden Boy" bilan ham sopromouterlik asosida hamkorlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Bektemir shu kungacha prof boksda uchta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Malumot uchun, "Golden Boy" kompaniyasi Saul Alvares, Deontey Uaylder, Markos Maydana, Amir Xan, Pol Malinyaji va boshqa bokschilar bilan hamkorlik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar