06 dek 11:18
Yangiliklar

O'zbek bokschisining ehtimoliy raqibi Errol Spens Denni Garsiyaga qarshi jang qildi
Texasda professional boks oqshomi yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasi chempioni Errol Spens Denni Garsiyaga qarshi jang qildi.
12 raundlik jang to'liq davom etdi. Unga ko'ra hakamlar bir ovozdan chempion Spensning g'alabasini qayd etishdi - 116:112, 116:112, 117:111.
SHu tariqa, Errol Spens o'ziga tegishli IBF va WBC kamarlarini o'zida saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda o'zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov IBF yo'nalishida majburiy davogar hisoblanadi. Qoida bo'yicha Spens navbatdagi jangini aynan Qudratilloga qarshi o'tkazishi lozim.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar