10 sen 10:03
Yangiliklar
O'zbek chavandozi konkur bo'yicha Jahon kubogi sovrindori bo'ldi
O'zbekistonda ot sporti bo'yicha bunday saviyadagi musobaqa ilk marotaba o'tkazildi. Hal qiluvchi bahslarda 10 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Ular orasida ikki nafar hamyurtimiz ham bahslarga kirishgandi.
CHavandozlarimiz birinchi gitta xatolarsiz ishtirok etishdi. Ikkinchi gitta esa Saidamirxon Turg'unboev o'z chiqishini xatosiz amalga oshirdi. Abdushukur Sobirjonov esa esa biroz omad etishmadi va sakkiz jarima ochkosini «ishlab oldi».
Ikki konkur yakunlariga ko'ra birinchi o'rinni Isroil sportchisi Sternbax Nadav o'zining «Aragon» laqabli oti bilan birgalikda qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa «Ramiro» otida qatnashgan argentinalik Richard Kierkigardga nasib etdi. Bronza medaliga esa o'zining «Ambassador» laqabli oti bilan qatnashgan Saidamirxon Turg'unboev ega chiqdi.
Fikrlar