So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

01 may 07:44
Yangiliklar

Ot Sporti

O'zbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yirik halqaro musobaqa tashkil etildi.

Ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan ananaviy jahon kubogi bosqichi Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslarida bu safar ham yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda qo'shni Qozog'iston va qirg'izistonlik chavandozlar g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Uch kun davom etgan musobaqalarda hamyurtlarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni to'la oqladi, deyishga asoslar etarli. Zotan, uch kun davomida ham o'zbekistonlik chavandozlar o'z muxlislarini xushnud etishdi, faqat Millatlar kubogi musobaqasi bundan mustasno.

photo5353021400220281549.jpg

Darvoqe, jahon kubogi bosqichi doirasida o'tkazilgan Millatlar kubogi bahslarida bu safar Markaziy Osiyoning doimiy uch vakilidan tashqari Belorus hamda Rossiyadan ham yosh va iqtidorli sportchilar o'z omadini sinab ko'rdi. Mazkur yo'nalishdagi musobaqalarda yurtimiz sharafini Xurshid Olimjonov, Feruz Abdullaev, Bekzod Qurbonov hamda umidli sportchimiz Saidamirxon Turg'unboevlar himoya qildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda omad bu safar Qirg'iziston terma jamoasi azolariga kulib boqdi. Biznikilar ikkinchi, Qozog'iston terma jamoasi esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Rossiya va Belorus vakillarining esa yurtimizga tashrifi omadsiz chiqdi.

Ammo, ushbu yo'nalishda munosib qatnashgan 18 yoshli chavandozimiz S.Turg'unboev Xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Bundan ko'rish mumkinki, o'zbek ot sportining ertasi ishonchli qo'llarda.

Jahon kubogi bosqichining Gran-pri musobaqalari ham o'ta murosasiz kechdi. Unda omad hamyurtimiz Bekzod Qurbonovga nasib etdi. Terma jamoamiz sardori va o'zbek ot sporti faxri bo'lmish G'ayrat Nazarov esa kumush medalga sazovor bo'ldi. Qirg'izistonlik mashhur sportchi Kamil Sabitov bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ot sporti bo'yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichiga 24-26 may kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahri mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi uchinchi bosqich bellashuvlari esa Osiyo chempionati hamda olimpiada saralash turnirlari yaqinlashib qolgani sababli kuz fasliga, aniqrog'i sentyabr oyiga qoldirildi.

Eslatib o'tamiz, jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari uchta bosqichda tashkil etiladi. Barcha bosqichlarda maksimal yuqori natija qayd etgan chavandoz va oti jahon kubogining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

photo5353021400220281548.jpg

photo5352776711638461154.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing