02 noy 10:55
Yangiliklar
Tennis

O'zbek derbisida Jo'rabekning qo'li baland keldi, u finalda!
SHu kunlarda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi tennis turniri bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqaning juftlik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Yarim finalning ilk juftligida o'zbekistonlik yosh tennischilar Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov bir-birlariga qarshi kortga chiqishdi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jo'rabek
Karimov va xitoylik Aoran Vong hamkorligi Humoyun Sultonov hamda qirg'izistonlik
Daniyar Duldaev tandemini 3:6, 6:4, tay-brekda 10:6 hisobida g'alaba qozonib,
finalga yo'l oldi. Ularning finaldagi raqiblari birozdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar