So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

28 noy 14:59
Yangiliklar

Futbol

O'zbek futboli. 90 million so'mlik jarima, 5 yilga futboldan chetlatish. O'FA keskin qaror qabul qildi

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi tomonidan futbol sohasida korrupcion holatlarga chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Inspekciya tomonidan o'rganishlar natijasida O'zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupcion holatlar, yani bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan bir qator futbol hakamlari aniqlandi.

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi tomonidan mazkur holatga aloqadorlikda gumon qilingan 10 nafardan ortiq futbol hakamlari, professional futbol klublarining murabbiy va rasmiy shaxslari bo'yicha malumotlar, tegishli futbol uchrashuvlari qaydnomalari, inspektorlarning futbol uchrashuvlari bo'yicha hisobotlari, hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi deklaraciyalari, tegishli futbol uchrashuvlaridagi shubhali epizodlar aks etilgan videomateriallar O'FA Etika qo'mitasiga ko'rib chiqish uchun taqdim etildi.

Taqdim etilgan malumotlar bo'yicha joriy yilning 17 va 25 noyabr kunlari O'FA Etika qo'mitasining yig'ilishlari bo'lib o'tdi va tegishli tartibda O'FA Etika qo'mitasining 04/2020, 05/2020 - sonli qarorlari qabul qilindi.

Ularga ko'ra:
1. FIFA, OFK hakami J.Y.Muxtorov O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 5 (besh) yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi hamda 90 000 000 (to'qson million) so'm jarimaga tortildi.

2. O'FA Bosh hakami T.N.To'xtasinov O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 2021 yilgi futbol mavsumida hakamlik qilishdan chetlatildi va 10 000 000 (o'n million) so'm jarimaga tortildi;

3. O'FA Bosh hakami A.S.Nadjafaliev hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to'g'risidagi deklaraciyasiga asosan O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi bilan hamkorlik qilganligi va OFK Hakamlar akademiyasida tahsil olayotganligi, tahsil jarayonida eng yaxshi ko'rsatkichlarni qo'rsatayotganligini inobatga olib, biroq O'FA intizom kodeksining 5.42. bandiga asosan O'zPFL musobaqalarini o'tkazish bilan bog'liq real faktlarni buzib ko'rsatishga uringanligi uchun 2020 yil futbol mavsumi oxirigacha hakamlik qilishdan chetlatildi va 70 000 000 (etmish million) so'm jarimaga tortildi.

SHu jumladan, qo'mita qarorlari bilan mazkur holatlarga aloqador bir nechta yordamchi hakamlar, nazoratchilar, hamda futbol klublari masullari tegishli jarimalarga tortildi.

Mazkur qaror O'FA tomonidan rasmiy tarzda elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi futbol sohasida shubha ostiga olingan vaziyatlar bo'yicha o'rganish ishlarini davom ettirmoqda. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O'FA Etika qo'mitasi tegishli tartibda ko'rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing