22 jan 17:57
Yangiliklar
Futbol

O'zbek futboli Ispaniyadan andoza oladi
Ayni paytda Ispaniyada bo'lib turgan O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Ispaniya futbol Federaciyasi sport direktori va murabbiylar tayyorlash bo'limi boshlig'i bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog'ida tomonlar bir qator kelishuvlarga erishishdi. Klublar
faoliyati, bolalar futboli, murabbiylar va terma jamoalarni tayyorlash
tizimi aynan Ispaniyadagi kabi bo'ladigan bo'ldi.
Kelishuvga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar jamoalari Evropa ochiq chempionatlarida ishtirok etadigan bo'lishdi. O'zbek klublari "Barselona", "Real" kabi jahonning etakchi klublari ish uslubini o'rganishadi. Mart oyida O'FF delegaciyasi Ispaniyaga boradi. Malum muddat o'tgach ispanlar O'zbekistonga kelib o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishadi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar