So’nggi yangiliklar

19:02Ислам Махачев Топурия — Гэтжи жанги фаворитини айтди 0 18:24Дана Уайт UFC жангчилари маоши борасидаги танқидга кескин жавоб берди 0 17:50Ислам Махачев Макгрегорнинг UFC'га қайтишига муносабат билдирди 0 17:14"Арсенал"нинг паради АПЛ рекордини ўрнатди 0 16:41Эксперт Перейрани оғир вазнда кутаётган муаммо ҳақида гапирди 0 15:16Ислам Махачев кейинги рақиби ким бўлишига ишора қилди 0 14:50Умар Нурмагомедовнинг UFC'даги жанги расман анонс қилинди 0 14:17АПЛ рекордчиси фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 13:53Расман: Магомед Анкалаев Абу-Дабидаги турнирда жанг қилади 0 12:43Никита Белозерцев бугун ўсмирлар "Ролан Гаррос"идаги иккинчи ўйинини ўтказади 0 11:58Иккинчи марта. Шоҳжаҳон Эргашевнинг Батир Жукембаевга қарши жанги яна қолдирилди — боксчимизнинг бунга реакцияси қандай бўлди? 0 11:20Роналду ЖЧ-2030 да ҳам иштирок этиши мумкин? 0 10:46Дзюдочиларимиз 33 та медал билан ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё кубогида тенгсиз бўлишди! 0 10:12Осиё чемпионатининг навбатдаги кунида курашчиларимиз 3 та медални қўлга киритишди 0 09:39Озодликка чиққан ўзбекистонлик таниқли ММАчи узоқ танаффусдан кейин яна жангга қайтмоқда 0

03 apr 11:47
Yangiliklar

O'zbek jang sanati 40 mingga yaqin o'g'il-qizni birlashtirdi

Teglar :  O'zbek jang sanati
Yoshlarimiz orasida kurash, belbog'li kurash, "Turon" yakkakurashi, o'zbek jang sanati va boshqa milliy sport turlariga qiziqish kuchaymoqda.

2009 yilda tashkil etilgan O'zbek jang sanati federaciyasi mazkur cpopt turini yanada ommalashtirish, mashg'ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, malakali murabbiylar tayyorlashga alohida etibor qaratmoqda. Mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilgan to'garaklarda 40 mingga yaqin o'g'il-qiz mazkur sport turi bilan muntazam shug'ullanmoqda.

O'zbek jang sanati bilan olti yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Dastlab boshlang'ich ko'nikmalar hosil qilish uchun sog'lomlashtirish mashg'ulotlari o'tiladi. Keyin jang sanati puxta o'rgatiladi. Bolalar musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlab boriladi.

- Mashg'ulotlar jarayonida sportchilarning manaviy yuksalishiga ham katta etibor qaratamiz, – deydi jang sanati bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi SHerpo'lat Usmonov. – Sababi, sportchining irodasi mustahkamlanishida manaviy yuksalish muhim o'rin tutadi.

O'zbek jang sanatini dunyoga milliy libos va o'zbek tilidan foydalangan holda tanitayotgan yoshlar safi kengaymoqda. Ayniqsa, istedodli egizaklar Karina va Sabina Kimning yutuqlari tahsinga loyiq. 2012 yildan mazkur sport turi bilan muntazam shug'ullana boshlagan opa-singillar o'sha yili O'zbekiston chempionatida birinchi o'rinni egalladi va terma jamoa azolari bo'ldi.

Sabina xalqaro maydondagi ilk g'alabasiga 2014 yili Janubiy Koreyada o'tgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida erishgan bo'lsa, Karina oradan bir yil o'tib, ushbu musobaqada g'olib chiqdi. Ular bugunga qadar Possiya, Portugaliya, Italiya, Franciya va Qozog'istonda o'tkazilgan bir qator musobaqalarda shohsupaga ko'tarildi.

Hozir Sabina va Karina Kim O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqichida tahsil olishmoqda.

– Xalqimiz milliy qadriyatlarini o'zida jam qilgan o'zbek jang sanati bilan shug'ullanish menga katta zavq bag'ishlaydi, – deydi Karina. – Bu sport turi nafaqat jismonan, balki manan baquvvat bo'lish bilan birga, tariximiz va madaniyatimizni ham o'rgatadi. O'tgan vaqt davomida terma jamoa safida Karina bilan chet davlatlarda o'zbek jang sanatini keng ommalashtirishga hissa qo'shib kelmoqdamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing