19 fev 16:09
Yangiliklar

O'zbek jang sanati ommalashmoqda
Mamlakatimizda yosh avlodni sportga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida etibor samarasida o'zbek jang sanati yoshlar o'rtasida tobora ommalashmoqda.
Jizzax tuman transport va sanoat kasb-hunar kolleji bazasida ushbu milliy sport turi bo'yicha tashkil etilgan to'garakda 115 nafar o'g'il-qiz mahorat oshirmoqda. Hosilbek Jabborov, Mahliyo Meliboeva, Dilshoda Xolmurodova, Munisa Davlatboeva, Sabrina Abdujalilova, Javohir Xolmurodov singari yosh sportchilar mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egallayotir.
– O'zbek jang sanati zamirida xalqimizga xos mardlik, vatanparvarlik mujassam, – deydi murabbiya Barno Qo'shboqova. – Ushbu sport turi yoshlarni jismonan chiniqtirish bilan birga, ularda kamtarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar