04 avg 18:27
Yangiliklar
O'zbek jang sanati: Onlayn chempionatda andijonliklar g'olib
O'zbek jang sanati bo'yicha 2007-2008, 2009-2010, 2011-2012 va 2013 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil etilgan O'zbekiston ochiq chempionatida mamlakatimizning barcha hududlaridan 400 nafardan ortiq yosh sportchilar shaxsiy kompleks mashqlar va temuriylar jang usulida sovrinli o'rinlar uchun onlayn bahslarda qatnashishdi.
O'zbek jang sanati federaciyasi vakillarining bildirishicha, ikkala yo'nalishda ham eng ko'p oltin medal jamg'argan andijonliklar (8 ta oltin medal) umujamoada 1-o'rinni egallagan bo'lsa, Toshkent shahri va Buxoro yoshlari keyingi o'rinlardan joy olishdi. SHuningdek, Toshkent, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining bir qator yosh sportchilari ham sovrinli o'rinlarni egallashdi.
To'lqin RO'ZIEV.
Fikrlar