02 sen 16:49
Yangiliklar

O'zbek jang sanati ustalari Koreyada 30 ta medal qo'lga kiritishdi
Janubiy Koreyaning CHundju shahrida davom etayotgan Butunjahon jang sanatlari festivali doirasida bugun o'zbek jang sanati bo'yicha ham musobaqa o'tkazildi.
Unda O'zbekiston, Rossiya, Kambodja, Hindiston va Filippin terma jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Turli vazn toifasida o'tkazilgan jang sanati yo'nalishi bo'yicha musobaqada 69 nafar sportchi o'z mahoratini namoyish etdi.
Qizg'in kechgan bellashuvlar yakuniga ko'ra 21 ta oltin, 8 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni Hindiston termasi band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Filippin vakillari yakun yasashdi.
SHavkat Jalilov, Janubiy Koreyaning CHundju shahridan
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar