03 sen 14:19
Yangiliklar
O'zbek jang sanati ustalarimiz saralashda birinchi bo'lishdi
Bundan bir necha daqiqa avval jamoaviy bahslar yakuniga etdi. Etiborlisi, 18 jamoa ishtirokida bo'lib o'tgan saralash bahslarida Po'lat Usmonov boshchiligidagi O'zbekiston o'zbek jang sanati terma jamoasining ko'rgazmali chiqishi hakamlar tomonidan eng yuqori (89.000) bahoga loyiq ko'rildi.
Hindistonliklar ikkinchi, 88.375 ball to'plagan Malayziya terma jamoasi uchinchi bo'ldi. Saralash bahslarida yuqori o'ntalikdan joy olgan jamoalar final bosqichida medallar uchun kurashni davom ettiradilar. Hal qiluvchi musobaqa 4 sentyabr sanasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, bugun, shuningdek, ikki kishilik saralash bahslarida ham ikki duetimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar