25 fev 10:19
Yangiliklar

O'zbek jang sanatida saralar saralandi FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog'lomlashtirish majmuida o'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tdi.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 300 nafardan ziyod sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
O'zbekiston chempionatining ko'rgazmali chiqish bahslarida Buxoro viloyati sportchilari mahorat bobida tengsiz ekanliklarini isbotladilar. Xorazm viloyati sportchilari ikkinchi, Surxondaryo hamda Toshkent shahri jang sanati ustalari uchinchi o'ringa munosib deb topildi.
J.Alijonov (Sirdaryo), A.Sultonov (Qashqadaryo), D.Olimjonov (Andijon), A.Isoqov (Toshkent shahri), X.Muxtorov (Andijon), O.Ahrolov (Toshkent shahri), E.Egamberdiev (Andijon), N.Muhammadjonov (Andijon) kabi sportchilar g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar