So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

17 jan 15:52
Yangiliklar

Futbol

O'zbek klubi hodimlari marketing tizimini o'rganish uchun Yaponiyaga borib keladilar

Teglar :  O'zbekistonYaponiya
2018 yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo'yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminar o'tgan yilning 17 noyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Yaponiya Futbol Associaciyasining Prezidenti Tashima Kodzo o'rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida takidlash kerak.

Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. SHuningdek,marketing bo'yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot olishadi.

Aytish kerakki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi juda rivojlangan bo'lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSH dollari miqdorida homiylik mablag'lariga ega bo'lgan.

Klublarimiz vakillari uchun bunday xorijiy safarlar, seminarlar o'z sohalari bo'yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o'rganish va uni o'zi faoliyat yuritayotgan klublarda tatbiq qilish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing