08 dek 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbek-qozoq qarama-qarshiligida Osiyo chempionatining final taqdiri hal bo'ldi
CHiangmay (Tailand) shahri mezbonligida o'tayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining finalchilari aniqlanmoqda.
Qita birinchiligida -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Habibullaev 1/4 finalda afg'onistonlik Ahmad Samir Davrahini 1-raunddayoq nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Hozirgina yakuniga etgan murosasiz 1/2 final jangida charm qo'lqop ustamiz Qozog'iston terma jamoasi azosi Erasil Jekpekov bilan hisob-kitob qildi. Uch raund to'liq davom etgan jangda To'rabek Xabibullaev 4:3 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar