20 noy 16:38
Yangiliklar
SHaxmat

O'zbek shaxmatchisi AQSHda chempion bo'ldi
Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida “Marshall” shaxmat klubida 103-Marshall chempionati o'tkazildi.
"Marshall” shaxmat klubi 1915 yilda grossmeyster Marshall tomonidan tashkil qilingan va 1916 yildan beri “Marshall chempionati” o'tkazilib kelinmoqda. Bu yil tashkil qilingan turnirda, O'zbekiston nomidan Hamroqulov Jo'rabek qatnashib Marshall chempionatining 103 chempioniga aylandi. Turnir har yili o'tkazilib, bu yilgi bahsda 10 shaxmatchi qatnashdi. 40 yurishga 90 daqiqa ajratilib, har bir yurishga 30 sekund qo'shimcha vaqt berildi.
O'zbekistonlik shaxmatchimizga omadlar va zafarli yurishlar tilab qolmiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar