08 okt 16:36
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
O'zbek sportchisi Paraosiyo o'yinlarida jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi!
Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Musobaqa o'zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Biroz avval erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish bahslari nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Husniddin Norbekov 16,35 m natija qayd etdi va jahon rekordini o'rnatdi.
Norbekovning medali O'zbekiston sport delegaciyasi uchun Paraosiyo o'yinlaridagi 13-medal bo'ldi. Ularning 9tasi oltin, 3tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.
Eslatib o'tamiz, musobaqa 13 oktyabr kuni nihoyasiga etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar