So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

10 iyu 11:23
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

O'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgan chempionlar tantanali kutib olindi+FOTO

Xabar berganimizdek, 2-8 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Unda yosh polvonlarimiz mustaqil O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd eta olishdi. Yani, bungacha O'zbekiston terma jamoasi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida birdaniga uchta oltin medal qo'lga kirita olmagandi. Yakunlangan musobaqada esa yigitlarimiz millatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochishdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bugun tong saharda musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh polvonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi mutasaddilari, muxlislar, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida erkin kurash bo'yicha Jamshid Marufov oltin, SHahboz Komilov esa bronza medalini qo'lga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimizdan esa Abror Atabaev va Lazizxon O'zbekov oltin, Amir Sultonov bronza medaliga ega chiqishdi.

«Oltin medal sohibiga aylanganimdan keyingi hislarimni so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Hayajon juda kuchli bo'ldi. Avvalambor, ustoz va murabbiylarimga rahmat aytmoqchiman. Jahon chempionati katta taassurot qoldirdi. Musobaqa ajoyib o'tdi. Ayniqsa, O'zbekiston madhiyasi yangragan payt o'zimni juda boshqacha his qildim.

Eng qiyin jang? Yarim finalda italiyalik raqibimga qarshi bahs men uchun qiyin kechdi. Finalda amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan yaponiyalik polvonga qarshi kurashdim, bu bahs ham anchagina murakkab tarzda o'tdi. Ammo men chempionlik shohsupasi uchun yo'l qiyin bo'lishini oldindan bilardim va bunga ruhan tayyor edim.

Musobaqa oldidan barchamiz muvaffaqiyatli ishtirok etishimizga ishongandik. Erishilgan ushbu natijalar bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Kelajakda Olimpiada chempioni bo'lmoqchiman», – dedi roppa rosa 20 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekistonga erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining oltin medalini taqdim etgan Jamshid Marufov.

Qahramon sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportidan ota-onalari va yaqinlari qurshovida usti ochiq sayyoxlik avtobusiga chiqib, poytaxtimiz ko'chalari bo'ylab o'ziga hos chempionlar paradidan o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing