So’nggi yangiliklar

19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0

17 avg 10:43
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

O'zbek sporti va Xidaka shahri o'rtasida almashinuv dasturi

Bahromjon Gaziev boshchiligidagi O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi Tokio-2020 almashinuvi doirasida Yaponiyaning Xidaka shahrida bo'ldi.

Tadbir Xokkaydo orolida joylashgan va shu nomdagi Guberniyaga qarovchi Xidaka shahri rahbariyati bilan bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirga Xidaka shahrining tanlab olinishi bejiz emas, boisi u erda shu paytgacha ot sporti bo'yicha yirik musobaqalar o'tkazib kelingan va shaharda zotdor tulporlarni ko'paytirishga ixtisoslashgan zavodlar ham mavjud. Mehmonlarni shahar meri CHiaki Otaka qarshi oldi. Dasturga muvofiq, delegatlar shahardagi otxonalar, muzey va maktablar, kutubxona, ippodrom kabi joylarda bo'lishdi.

Ot poygalari bu o'lka uchun ayni atalgan bo'lib, Xidaka yilning eng yirik musobaqalaridan biriga mezbonlik qiladi. SHahar ippodromida 1600 metr uzunlikdagi teng qum qoplamali poyga yo'li mavjud. Tadbir doirasida Hamyurtlarimizdan iborat delegaciya uchun maxsus “O'zbekiston – Yaponiya: O'zaro aloqalar va hamkorlik” nomi ostida poyga tashkil etildi. Uning faxriy mehmonlari O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev, federaciya bosh kotibi Kseniya Gulyamova, Tokio-2020 atletlari Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinova bo'lishdi.

Bir necha kunlik dasturning yakunida Olimpiyachilarimiz mahalliy yoshlar va maktab o'quvchilari uchun zamonaviy beshkurash sporti bo'yicha o'ziga xos mahorat saboqlarini o'tkazib berishdi. Federaciya raisi va bosh kotib ham atletlarimiz tomonidan tashkil etilgan estafetada qatnashdilar.

Bir so'z bilan aytganda, Tokio-2020 almashinuv dasturi Xidaka shahri aholisi va vakillarimizga zamonaviy beshkurash sporti, o'zbek va yapon madaniyatlari haqida qimmatli malumotlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing