So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

26 apr 08:39
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek sportida fanni rivojlantirish yo'lida memorandum imzolandi

O'zbek sportida fanni rivojlantirish yo'lida memorandum imzolandi

25 aprel kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida ilm-fanni rivojlantirish, sport yo'nalishdagi ilmiy-pedagog xodimlar tomonidan Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik malumotlar bazasidan keng foydalanishda va boshqa masalalarni rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Bundan tashqari, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida “Elsevier” (Niderlandiya) kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Aliya Ospanova jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi ilmiy-pedagog kadrlar uchun mahorat darsi o'tkazdi.

Mahorat darsida ishtirokchilarga Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik malumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash masalalari batafsil tushuntirib berildi. Ilmiy maqolalarni dunyodagi eng yirik ilmiy-tahliliy platforma - Scopus malumotlar bazasida nashr etishning asosiy qoidalari, talablari haqida tushunchalar berildi. 

SHuningdek, Aliya Ospanova o'z maruzasida Scopus bazasidan keng foydalanish, xususan professor-o'qituvchilar ilmiy maqolalari tahlili, iqtiboslar sonini hisoblash borasidagi malumotlarni keltirib o'tdi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm bilan shug'ullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun Elsevier kompaniyasi tomonidan beg'araz uslubiy yordam berilishi takidlandi.

Tadbirda “Elsevier” kompaniyasining O'zbekiston bo'yicha koordinatori Dilnoza Allanazarova, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi xuzuridagi sport tibbiyoti bo'yicha Respublika ilmiy-amaliy markazi, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi malaka oshirish markazi, O'zbekiston Milliy universitetining sport yo'nalishidagi professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hhamda ilmiy-pedagog kadrlari ishtirok etdilar. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing