28 avg 07:27
Yangiliklar
Xokkey
O'zbek xokkeyi uchun yana bir tarixiy voqea: 16 yoshli o'zbek "Humo" bilan shartnoma imzoladi!
Toshkentning "Humo" xokkey klubi yana bir o'zbekistonlik xokkeychini o'z safiga qo'shib oldi.
16 yoshli Jasurbek Rustamxonov endilikda "qanotlilar" uchun o'ynaydi. Jasurbek Rustamxonov 2007 yilning 16 may sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. U Toshkentning "Binokor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Binokor" bilan birgalikda O'zbekiston chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
SHuningdek, Jasurbek, o'tgan yilgi Osiyo va Okeaniya U18 chempionati chempioni va eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Rustamxonov "Humo"da 8-raqam ostida harakat qiladi.
Malumot uchun, ayni damda "Humo"da Jasurbek Rustamxonovdan tashqari Javohir Rasulov va Daniel Kogan kabi O'zbekiston vakillari harakat qiladi.
Havola :
Fikrlar