So’nggi yangiliklar

14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0 10:44Шоҳжаҳон Эргашев, Умар Кремлёв, "Сатурн" ва бошқалар. IBA Nomad турнири олдидан face-to-face ва вазн ўлчаш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0

24 iyu 17:13
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek yo'lbarsi - Hasanboy Do'smatov haqida!

Bugun Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov o'zining tavallud kunini nishonlamoqda.

SHu munosabat bilan sportchi haqida siz bilgan-bilmagan malumotlarni etiboringizga taqdim etishga qaror qildik.

O'zbekistonning engil vazndagi yangi kashfiyoti Hasanboy Do'smatov 1993 yilning 24 iyun kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. U bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. Ayni paytda Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan sportchi o'zbek boks maktabining dunyo miqyosidagi kuchli yulduzlaridan biri hisoblanadi.

U 2011 yilda yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionida oltin medalni qo'lga kiritadi va kattalarning O'zbekiston boks terma jamoasi azosiga aylanadi. U shundan so'ng Kulibaev xotira turnirida kumush, Sidney Jekson xotira turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi. Keyinchalik Ukraina va Rossiyadagi turnirlar g'olibiga aylanganida bor-yo'g'i 19 yoshda edi.



Keyinchalik, 2013 yilda Qozon shahrida bo'lib o'tgan yozgi Universiada g'olib chiqadi. O'sha turnirda u Ozarbayjon, Tojikiston, Mo'g'uliston va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan kuchli sportchilarni mag'lubiyatga uchrata olgandi.

Ushbu muvaffaqiyatlardan so'ng Do'smatov Butunjahon boks seriyasi janglarida ishtirok etish uchun "Ukraina atamanlari" jamoasiga taklif qilinadi. U ukrain jamoasi safida 2014 va 2015 yillar davomida 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. SHu tariqa, u -49 kg vazn toifasida ikkinchi raqamli bokschi sifatida Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida yo'llanmani qo'lga kiritgan.

2015 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Osiyo chempionatida u barcha raqiblarini mag'lub etib, qita chempionligini qo'lga kiritadi.

O'sha yilda Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ikkinchi raqam ostida saralangan Do'smatov kutilmaganda ilk jangidayoq ozarbayjonlik Rufat Husainovga imkoniyatni boy berib qo'yadi.



Do'smatov Rio Olimpiadasi oldidan favoritlar qatorida etirof etilgandi. U Braziliyadagi janglarida final yo'lida deyarli barcha raqiblarini qiyinchiliksiz mag'lub etib keldi. Hal qiluvchi jang esa kolumbiyalik Martinez Yuberjenga qarshi to'qnash kelgan Do'smatov o'zining samarali zarbalari evaziga Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan.

23 yoshli bokschi Rio-2016dagi boks turnirida ilk oltin medal egasiga aylangan. Do'smatov O'zbekiston tarixida Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada chempioniga aylangan ikkinchi bokschi hisoblanadi. Rio Olimpiadasi yakunlariga ko'ra Hasanboy Do'smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrini sohibiga aylangan.



Rio Olimpiadasidan Hasanboy Do'smatov O'zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. May Osiyo Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida esa u barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyoda tengsiz deb topildi. SHuningdek, turnir yakunlariga ko'ra Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb elon qilindi.

Ayni paytda bokschimiz sentyabr oyida Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Fursatdan foydalanib, Hasanboyga jahon chempionatida ham barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylanishini tilab qolamiz.

Erishgan yutuqlari:

2009 - SHonazarov F. xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir chempioni (Qozog'iston)

2011 - Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempioni

2012 - Makar Mazay xotirasiga bag'ishlangan 46-xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2012 - O'zbekiston chempioni

2013 - O'zbekiston kubogi sohibi

2013 - To'rt millat kubogi g'olibi (Qozog'iston)

2013 - Nikolay Manger xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2014 - CHecheniston Respublikasi Prezidenti Axmad Qodirov xotirasiga bag'ishlangan turnir g'olibi (Rossiya)

2014 - Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (O'zbekiston)

2015 - Chemistry Cup turniri g'olibi (Germaniya)

2015 - Osiyo chempioni (Tailand)

2016 - Olimpiada chempioni (Braziliya)

2017 - Osiyo chempioni (O'zbekiston)


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
27 iyu 14:56:09
Adilbek
MESSI bilan bir kunda tugilgan. DEMAK bu chisloda kichik AFSUNGARLAR dunyoga kelgan ekanda QOIL... MESSI "24" HASANBOY
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing