01 may 07:05
Yangiliklar
O'zbekiston 10 yil ichida ilk bor tashkil etilgan Osiyo sohil o'yinlarini Top-15`da yakunladi
Sakkiz kun davom etgan musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 3 ta sport turi bo'yicha bahslarda qatnashdi.
Yakunda vakillarimizdan cohil engil atletikasi bahslarida ishtirok etgan Barnoxon Sayfullaeva balandlikka sakrash dasturida 1.85 metr natija qayd etib, oltin medalga ega chiqdi. Bu musobaqadagi yagona medalimiz bo'lib qoldi.
SHu tariqa, Barnoxonning medali evaziga O'zbekiston delegaciyasi kompleks turnirni umumjamoa hisobida 14-o'rinda yakunladi.
Malumot uchun, Sanya-2026 sohil o'yinlari o'n yil ichida ilk bor tashkil etildi. Bungacha so'nggi Osiyo sohil o'yinlari 2016 yilda Vetnamning Da-Nang shahrida o'tkazilgandi.
Keyingi Osiyo sohil o'yinlari 2028 yilda Filippinning Kebu Siti shahrida bo'lib o'tishi belgilandi.

Fikrlar