So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

25 fev 14:17
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini qabul qilmoqchi: yaqin orada bu bo'yicha taqdimot o'tkaziladi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Unga tashrif davomida Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti, OOK Osiyo o'yinlari departamenti direktori Haydar Farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov OOK prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G'ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini O'zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o'tkazish masalalarini muhokama qilishdi.



SHuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o'yinlar translyaciyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

XXI Osiyo o'yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar davorgarlik qilishmoqda.

Uchrashuv davomida OOK prezidenti O'zbekistonda Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun imkoniyatlar yuqoriligi, mamlakatimiz hattoki bu bo'yicha etarli ustunliklarga ega ekanligini aytib o'tdi. Martabali mehmon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek sportga qaratilayotgan etibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o'tdi. SHuningdek, O'zbekiston bungacha Osiyo o'yinlarini qabul qilmaganligi, bu esa musobaqa geografiyasini oshirishga hizmat qilishi va ushbu kurashda mamlakatimizning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishini qayd etib o'tdi.

Ushbu muzokaralar yakuniga ko'ra, O'zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o'yinlari-2030 mezbonligi bo'yicha o'z taqdimotini o'tkazishiga kelishib olindi.


Reyting:    

Fikrlar

   
26 fev 00:43:01
Jastin_Yank
Bu ancha mashaqatli yol. Agar bizda shu uchun sharoitga xozirdan boshlansa bu alo nur bugan bulardi. Bu 2 ta shaxarda emas 4 yoki 5 ta shaxarda bulishi kerak. Natijada hamma shaxarda bir xil turistik zona keng rivojlanadi xadeb nomiga 2 demasdan. Natijada sportmizda xam yuksalish buladi kamida 2 bosh sakragan bulamiza.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing