So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

19 sen 11:57
Yangiliklar

SHaxmat

O'zbekiston 3-o'ringa ko'tarilib olgan Olimpiadaning 7-turida asosiy raqiblarimiz qanday natija qayd etishdi? (FOTO+JADVAL)

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 7-turda ukrainalik shaxmatchilardan 3:1 hisobida ustun kelishdi. Yosh grossmeysterlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining bugun o'tkaziladigan 8-turida tarkibida tajribali shaxmatchilar jam bo'lgan Serbiya terma jamoasiga qarshi dona surishadi.  

Sakkizinchi tur oldidan 100 foizlik natija qayd etgan birgina Hindiston bo'lib turibdi. Hindlar 7 ta uchrashuvnig barchasida g'alaba qozonishgan. Eron va Gruziya ham hali mag'lubiyatga uchramagan. Forslar 6 g'alaba va 1 durang qayd etishgan. Gruzinlar 4 g'alaba va 3 durangga ega. O'zbekiston, Vengriya, Armaniston va bugungi raqibimiz Serbiya terma jamoasi 6 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega. AQSH, Xitoy va Vetnam terma jamoalari hisobida 5 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat bor. 

O'zbekiston qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12 ochko jamg'arganlar orasida eng yuqori - 3-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam Hindiston 12, ikkinchi o'rindagi Eron 13 ochkoga ega. Vengriya, Armaniston, Serbiya hisobida ham biz singari 12 ochkodan bor.   

Terma jamoamizning asosiy raqiblari 7-turda muhim g'alabalarga erishishdi. Hindiston markaziy uchrashuvda Xitoyni 2,5:1,5 hisobida engdi. Eron xuddi shu hisobda Vetnamdan ustun keldi. Vengriya ham shu hisob bilan Litva shaxmatchilaridan ustun keldi. O'zbekiston Ukrainani, Serbiya Niderlandiyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Armaniston - Angliya - 2,5:1,5. 

Bugun o'tkaziladigan 8-turning markaziy bahsi Hindiston va Eron terma jamoalari o'rtasida tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvda raqiblarimizdan biri, balki ikkisi ham ochko yo'qotar. Biz esa o'z o'rnida Serbiyani taslim etsak, peshqadamga aylanishimiz mumkin. 

8-turning markaziy uchrashuvlari:

Eron - Hindiston

Vengriya - Armaniston

Serbiya - O'ZBEKISTON 

AQSH - Franciya

Xitoy - Ruminiya

Vetnam - Norvegiya

Gruziya - Niderlandiya

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing