18 sen 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Bolgariyadagi "Balkan" xalqaro turniriga yo'l oldi
19-23 sentyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida VIII "Balkan" xalqaro turniri o'tkaziladi.
Jahonning etakchi ayol bokschilari qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham qatnashadi.
Bugun Elshod Rasulov boshchiligidagi vakillarimiz Sofiyaga jo'nab ketishdi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O'ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Mohinabonu Abdullaeva
-63 kg: Hadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Mavluda Mavlonova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Taygonboev
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar