01 jan 17:19
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar terma jamoasi FIDE reytingida tarixiy o'ringa ko'tarildi
Quvonarlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi yangililangan reytingda o'z tarixida ilk bor Top-15`talikka kirdi. Qatarda yakuniga etgan rapid va blic bo'yicha jahon chempionatida umumiy hisobda yaxshi qatnashgan ayollar terma jamoamiz 12-o'ringa ko'tarilib oldi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yilning shu paytida elon qilingan jahon reytingida terma jamoamiz 38-pog'onani band etgandi. Ushbu reyting kuchli 10 nafar shaxmatchimizning o'rtacha reytingi asosida tuzilgan. Umida Omonova jahon chempionatining blic bahslarida kuchli sakkiztalikdan joy olgandi. Bu ham O'zbekiston ayollar shaxmati uchun tarixiy natija hisoblanadi.
Yangilangan reytingda AQSH terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Hindiston ikkinchi, Xitoy shaxmatchilari esa uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar