08 fev 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham "Yangiobod"da yig'in boshladi
Boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi 6 fevral kuni Toshkent viloyatida joylashgan "Yangiobod" sport bazasida o'quv-yig'ini mashg'ulotlariga kirishdi.
Mashg'ulotlarda terma jamoamiz qizlari, ularning murabbiylari ishtirok etishmoqda. Ushbu yig'in oldinda turgan xalqaro musobaqalar, shuningdek Tokio Olimpiadasi uchun licenziya taqdim etadigan musobaqa uchun tayyorgarlik vazifasini bajaradi.
O'quv-mashg'ulot yig'inlari 20 fevralgacha davom etadi. Yig'indan so'ng qizlarimiz xalqaro musobaqaga yo'l olishadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar